Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda 66 yoshli erkak mushtlashuv qurboni bo‘ldi

Samarqandda 66 yoshli erkak mushtlashuv qurboni bo‘ldi

2020 yil 20 fevral kuni 66 yoshli X.T. yuz va chap ko‘z jarohatlari bilan Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilganida, X.T.ni fuqaro 32 yoshli D.X. urganligi aniqlangan.

2020 yil 23 fevral kuni X.T.,ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:58 27.02.2020. O'qildi: 1725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!