Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 33 yoshli erkak ayol kishini urib o‘ldirdi

Samarqandda 33 yoshli erkak ayol kishini urib o‘ldirdi

Samarqand. 2020 yilning 27 noyabr kuni soat 22:00 da Narpay tumani “Ko‘k-ota” MFY, O‘lmas qishlog‘ida yashovchi fuqaro 33 yoshli Jaxonbek D., tanishlari 7 nafar tanishlari bilan birgalikda “Ravot olchin” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish joyida o‘tirib, spirtli ichimlik iste’mol qilib, tanishi 34 yoshli Gulmira T., bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida uni shu atrofdagi bog‘ning ichiga olib borib, tanasining turli qismlariga qo‘li va oyoqlari bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng Jaxonbek D., tanishi Gulmira T.,ga tibbiy yordam ko‘rsatish va uning hayotini saqlab qolish maqsadida “tez yordam” xizmatiga murojaat qilgan. Biroq, Gulmira T., olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.   

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida marhuma Gulmira T.,ning egnidagi kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Jaxongir D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Jaxongir D., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:44 30.11.2020. O'qildi: 9849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!