Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda 26 kishi zaharlandi: sababi “xot-dog”

Samarqandda 26 kishi zaharlandi: sababi “xot-dog”

Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 14:10dan 8 oktyabr soat 24:00ga qadar Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 oktyabr kuni soat 13:00 va soat 17:30lar oralig‘ida barcha bemorlar Samarqand shahar Siyob dehqon bozori hududida joylashgan «Baxtiyor» MCHJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma mahsulotlarini iste’mol qilishgan. «Baxtiyor» MCHJga qarashli xot-dog shoxobchasida o‘rganish o‘tkazilganda, u o‘z faoliyatini to‘xtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlangan.

«Baxtiyor» MCHJda bir kunlik muddatda tekshirish o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tegishli hujjatlar to‘planib, buyurtma tayyorlangan.

Bemorlarning ahvoli, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Kiritildi: 10:53 09.10.2019. O'qildi: 3477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!