Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 24 yoshli haydovchi Epicani jarlikka qulatdi (video)

Avto / Video A A A
Samarqandda 24 yoshli haydovchi Epicani jarlikka qulatdi (video)

1 oktyabr kuni soat 00:30 lar atrofida Samarqand shahar Ibn Sino ko‘chasida Epica rusumidagi avtomobil jarlikka quladi. Bu haqda Samarqand shahar IIO FMB YHXB «Daryo»ga ma’lum qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1995 yilda tug‘ilgan D.D. ismli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi natijasida beton to‘siqqa borib urilgan va oqibatda jarlikka ag‘darilib ketgan.

Natijada haydovchi va salon ichida bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan A.D. ismli yo‘lovchi tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanishga yetkazilgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:19 02.10.2019. O'qildi: 2997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!