Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 180 nafar kursant “kichik serjant” harbiy unvonini oldi

Samarqandda 180 nafar kursant “kichik serjant” harbiy unvonini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida kursantlarning navbatdagi tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov, Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farhod Shermatov, Samarqand viloyati “Nuroniylar” jamg‘armasi kengashi vakillari, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, yurtimizda kichik mutaxassislarni tayyorlashning zamon talablariga javob beradigan samarali tizimi yaratilganligi, natijada esa yuksak nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar o‘z bilimi, malakasi va mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib o‘rin egallayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Shundan so‘ng, 450 nafar kursantga sertifikat va ko‘krak nishonlari topshirildi, ulardan 180 nafari esa navbatdagi “kichik serjant” harbiy unvonini oldi.

Tadbirda kursantlarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari, Samarqand viloyati Hamid Olimjon nomidagi drama teatrining sahna ko‘rinishlari va konsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda kursantlar tomonidan innovasion yondashuv asosida yaratilgan “Ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish uskunasini” dala sharoitlarida foydalanish tartiblari ham ko‘rsatildi.

Tadbir so‘ngida markazga biriktirilgan nuroniylar, faxriylar va bir guruh yoshlar  bayramona dasturxoni atrofida o‘zaro suhbatlashishdi.

 

Kiritildi: 11:07 23.02.2020. O'qildi: 2205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!