Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda 16 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi (FOTO)

Samarqandda 16 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi (FOTO)

Kattaqo‘rg‘on shahar, “O‘rikzor” MFY, U.Barnayev 1-berk ko‘chasi, 9-uyda yashab kelgan, 14.11.2004 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan, Ergasheva Pokiza Jamshid qizi  2021 yil 10 yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Samarqandda 16 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi (FOTO)

Alohida belgilari: Buyi taxminan 150-155 sm atrofida, oqdan kelgan, o‘rtacha gavdali, sochi qora rangda uzunligi 80-90 sm atrofida, koshi qora rangda, ko‘zi malla rangda, yuzi ovalsimon, tishlari tabiiy butun, lablari qalin.

Egnida bo‘lgan kiyimlari: to‘q ko‘k rangli tizzasigacha bo‘lgan “Balon” nomli kurtka, qora rangli sport trikosi, och qizil rangli sport kiyimi, oyoqlarida oq rangli ayollar krosovkasi va qora rangli orqaga ilinadigan “Viktoriya Sekret” yozuvli sumkasi bo‘lgan.

Ergasheva Pokizani ko‘rganlar yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Kiritildi: 10:07 22.01.2021. O'qildi: 8012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!