Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish hamda davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzdorligiga oid 85 495 ta, umumiy qiymati 1,6 trillion so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi. Shundan 49 989 ta ijro hujjati bo‘yicha 1,1 trillion so‘m mablag‘ amalda undirilib, davlat byudjetiga yo‘naltirildi.
Mazkur natijalar sud hujjatlari ijrosini ta’minlash, soliq qarzdorliklarini o‘z vaqtida undirish hamda davlat byudjeti daromadlarini oshirishga qaratilgan ijro harakatlarining samarasi hisoblanadi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish va qonun hujjatlari talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.