O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Zoyir Toirovich Mirzayev 7 noyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deb yozmoqda Kun.uz.
2010 yilning 17 dekabridan 2016 yilning 15 dekabrigacha Samarqand viloyatini boshqargan Zoyir Toirovich Mirzayev ayni paytda tuman hokimi vazifasiga tayinlangan uchinchi sobiq Samarqand viloyati hokimi bo‘lmoqda.
Ungacha 2006 yilning dekabridan 2008 yilning apreligacha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A’zamxon Usmonovich Bahromov avval Qo‘shrabot tumani hokimi (04.09.2017 – 11.11.2017) va 2017 yil 11 noyabrdan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi vazifasiga tayinlangan edi.
2016 yilning 23 dekabridan 2017 yilning 12 iyunigaqadar Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev 2017 yilning 11 noyabridan buyon Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida ishlamoqda.
Xo‘sh, mustaqillik yillarida Samarqand viloyat hokimligiga tayinlangan rahbarlar ayni paytda nima ish bilan band?
KUN.UZ ochiq manbalardan to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatga rahbarlik qilayotgan sobiq amaldorlarning ko‘pi hamon davlat ishida ishlashmoqda. Ularning orasida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.