Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Samarqand shahri 2045 yilgacha keng ko‘lamli qayta quriladi

Samarqand shahri 2045 yilgacha keng ko‘lamli qayta quriladi

Vazirlar Mahkamasi Samarqand shahrini 2045 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh rejani tasdiqlashni rejalashtirmoqda.

Rejaga muvofiq, shahar hududi 11,2 ming gektardan 28,4 ming gektargacha kengaytiriladi. Loyiha doirasida 11 ming gektar yangi yashil hudud va bog‘lar barpo etilishi belgilangan.

Shuningdek, transport va infratuzilmani yaxshilash maqsadida 837 kilometr yangi yo‘llar qurilishi rejalashtirilgan. Jamoat transportini rivojlantirish uchun 27 ta yo‘nalishda tramvay liniyalarini ishga tushirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:46. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!