Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Saloh uchun 114 million yevro sarflashga tayyor jamoalar bor

Saloh uchun 114 million yevro sarflashga tayyor jamoalar bor

Saudiya Arabistoni chempionati klublari "Liverpul"ning yulduz hujumchisi Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda Daily Mail tabloidi jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublari misrlik futbolchini 114 million yevroga sotib olishni ko‘zlamoqda. Agar Muhammadning o‘zi Mersisayd grandidan ketishga qaror qilsa, kelishuv amalga oshishi mumkin.

Avvalroq Saloh jamoa ustozi Arne Slot bilan ziddiyatga borgandi. Kuni kecha tomonlar uchrashuv o‘tkazishdi, shundan so‘ng hujumchi "qizillar" safiga qaytdi.

Hujumchining shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Salohning bozor narxi - 30 million yevro.

Kiritildi: 14:30 14.12.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!