Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sakitari-do g‘oridan so‘nggi paleolit davriga oid taqinchoq topildi

A A A
Sakitari-do g‘oridan  so‘nggi paleolit davriga oid taqinchoq topildi

Arxeologlar Yaponiyaning janubiy hududidan 25 ming yil ilgari yasalgan taqinchoq topishdi. Bu Yaponiya hududidan topilgan eng qadimgi taqinchoq ekani aytilmoqda.

U Okinava prefekturasidagi Sakitari-do g‘oridan topilgan. Kattaligi 1 santimetrga teng bo‘lgan taqinchoq so‘nggi paleolit davriga oid geologik qatlamda bo‘lgan.

Okinava San’at muzeyi rahbari Dana Masayukining aytishicha, mazkur topilma qadimgi davrlarda Yaponiya hududida madaniyati boy aholi yashagani, uning vakillari taqinchoqlardan faol foydalanganidan darak beradi.

Kiritildi: 09:42 25.10.2021. O'qildi: 2155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!