Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona va yuqori ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva ikki mamlakat o‘rtasida mushtarak manfaatlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.