Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida muloqot o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi yig‘ilishi natijalari muhokama qilindi, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotgani qayd etildi.
“Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligimni bildiraman”, deb yozdi (https://t.me/SShMirziyoyeva/3682) Saida Mirziyoyeva.