NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyansning Anqaradagi sammitida mudofaa sohasida milliardlab dollarlik harbiy shartnomalar va yirik loyihalar imzolanishini ma’lum qildi.
«Kun davomida Atlantikaning har ikki tomonidagi ittifoqchilar va sanoat vakillari yangi yirik loyihalarni taqdim etadilar hamda qiymati milliardlab, tom ma’noda milliardlab dollarlik shartnomalarni imzolaydilar», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, alyansga a’zo davlatlarning mudofaa xarajatlarini YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning 5 foizigacha yetkazish haqidagi qarordan so‘ng, NATO harbiy ishlab chiqarishni kengaytirishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda.