Birinchi yil ro‘za tutishim. Ro‘zador tahoratni qanday tartibda qiladi? Og‘izga suv kirganda, burun achishguncha chayilganda ro‘za ochilib ketmaydimi? O‘ylaymanki, savolim bee’tibor qolmaydi. Javob uchun oldindan rahmat.
Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin...
Javob:
Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakotuh.
Ro‘za tutganda tahorat olishda og‘iz va burunni chayishda mubolag‘a qilmaysiz. Ya’ni suvni halqumdan o‘tar darajada ichingizga qattiq tortmaysiz. Oddiy chayganda og‘izda qoladigan namlikning ro‘zaga zarari yo‘q.
Alloh yanada biluvchi.
Mubashshir Ahmad
Manba: azon.uz