Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Rustam Inoyatov senatorlikdan ketdimi? Uning nomi senatorlar ro‘yxatida yo‘q!

A A A
Rustam Inoyatov senatorlikdan ketdimi? Uning nomi senatorlar ro‘yxatida yo‘q!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi va Senat a’zosi Rustam Inoyatovning nomi Oliy Majlis yuqori palatasi senatorlari ro‘yxatidan o‘chirib tashlangan.
 
Rustam Inoyatovning nomi viloyatlar kesimidagi senatorlar ro‘yxatida ham, davlat rahbari tomonidan tayinlangan senatorlar ro‘yxatida ham yo‘q.
 
Sobiq O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatini chorak asr boshqargan Rustam Inoyatov joriy yil 31 yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va Oliy Majlis Senati a’zosi – senator bo‘lgandi.
 
Keyinroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda baliqchilik sanoatini rivojlantirishga mas’ul etib tayinlangandi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 15:53 08.08.2018. O'qildi: 2325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!