Jorjesku 21 sentyabr kuni mashinada ketayotganida polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Shundan so‘ng u uyiga olib borilib, tintuv o‘tkazilgan.
Tergov doirasida Jorjeskuga tegishli beshta xonadonda ham tintuv ishlari olib borilmoqda. Ruminiya ommaviy axborot vositalari yozishicha, ishda Rossiya bilan bog‘liq ehtimoliy aloqalar ham o‘rganilmoqda.
Jorjesku 2024 yilgi saylovlarning birinchi turida eng ko‘p ovoz to‘plagan edi. Biroq mamlakat Konstitusiyaviy sudi xorijiy aralashuv bo‘yicha gumonlar ortidan saylov natijalarini bekor qilgan.
Hozirda Jorjeskuga nisbatan tergov davom etmoqda.