AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha jarayon to‘xtab qolganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington diplomatik yo‘l bilan yechim topishga vositachilik qilishga tayyor, ammo natija bermaydigan harakatlarga vaqt va resurs sarflashni istamaydi.
Rubio “agar vaziyat o‘zgarsa, AQSh muzokaralarga qaytishga tayyor” ekanini ta’kidladi.
2026 yil davomida Rossiya va Ukraina AQSh vositachiligida uch bosqichli muzokara o‘tkazgan. To‘rtinchi uchrashuv esa AQSh va Isroilning Eronga qarshi operasiyasi boshlanganidan keyin qoldirilgan.
May oyi boshida Rossiya 8–9 may kunlari sulh e’lon qilgan, Ukraina esa 6 may kechasi o‘z sulhini joriy etgan edi. Keyinchalik har ikki tomon bir-birini sulhni buzishda aybladi.