Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Roy Jons: Mayk Tayson yaxshisi ringga ko‘tarilmagani ma’qul

Roy Jons: Mayk Tayson yaxshisi ringga ko‘tarilmagani ma’qul

Boks bo‘yicha to‘rtta divizion sobiq chempioni Roy Jons boks afsonasi Mayk Taysonga qarshi revansh jangi imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayotganini ma’lum qildi.

“Taysonga qarshi revansh kerak emas. U yaxshisi ringga umuman ko‘tarilmagani ma’qul”, — deydi Roy Jons.

Eslatib o‘tamiz, Jons va Mayk Tayson 2020 yilda ko‘rgazmali jangda ishtirok etgan. 8 raundlik jang durang bilan yakunlangan.

Tayson 15 noyabr kuni bloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tariladi. Tayson—Pol jangi 20 iyul kuni AQShning Arlington shahridagi A&T arenasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Mayk Mayamidan Los-Anjelesga uchayotgan vaqtida tibbiy xizmat xodimlariga murojaat qilgan. Qo‘nishga 30 daqiqa qolganda sportchi oshqozon yarasining ochilib ketishi oqibatida boshi aylangan va o‘zini juda noxush his qilgan.

Dastlab jang qoldirilgani aytilgandi. Biroq tashkilotchilar uni boshqa sanaga ko‘chirishni ma’qul topdi.

Tayson o‘z faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. 1987 yildan 1990 yilgacha u og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgan. Tayson 58 ta jang o‘tkazib, 50 tasida g‘alaba qozongan (44 tasi nokaut bilan) va 6 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Uning ishtirokidagi yana ikkita jang o‘tkazilmagan deb topilgan.

Kiritildi: 21:03 08.07.2024. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!