Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyaning yangi hududlarida ukrain tilini o‘rganish taqiqlanmaydi

Rossiyaning yangi hududlarida ukrain tilini o‘rganish taqiqlanmaydi

LXR, DXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida ukrain tilini o‘rganish taqiqlanmaydi, dedi jurnalistlarga Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov.

"Shartnomada rus tili davlat tili ekanligi ko‘rsatilgan, ammo boshqa tillarni o‘rganish taqiqlanmaydi", - dedi Ivanov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.

“Bu ukrain tiliga ham tegishlimi?”, degan savolga u ijobiy javob berdi.

"Shu jumladan. Lekin buni rasmiylar belgilaydi. Umuman olganda - yo‘q (taqiqlanmagan)," - deya qo‘shimcha qildi Ivanov.

23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.

30 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.

3 oktyabr kuni Rossiya Davlat dumasi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni bir ovozdan ratifikasiya qildi.

Kiritildi: 20:12 04.10.2022. O'qildi: 2426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!