Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida og‘ir ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida og‘ir ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida og‘ir ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi. Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin 4 nafar farzandi bilan shu yil sentyabrda ishlash uchun Rossiyaga borgan. Erkak hujjatlarsiz qurilishda ishlayotgani uchun hibsga olingan.

Ayol og‘ir ahvolda qolib, yordam so‘rab Yekaterinburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulligiga murojaat qilgan.

Konsullik erkakning to‘lanmagan oyligini undirib bergan. Ayol va 4 nafar farzandi 10 dekabrda Yekaterinburgdan Toshkentga kuzatilgan.

Kiritildi: Bugun 13:30. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!