Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshi Xalqaro kosmik stansiya yaqinida parchalanib ketdi

Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshi Xalqaro kosmik stansiya yaqinida parchalanib ketdi

Ancha oldin yaroqsiz holga kelgan Rossiyaning «Resurs P» fuqarolik sun’iy yo‘ldoshi Xalqaro kosmik stansiya (XKS) yaqinidagi past Yer orbitasida 200 ga yaqin bo‘laklarga bo‘linib ketdi.

Hodisa natijasida XKSda bo‘lgan amerikalik astronavtlar bir soatdan ko‘proq vaqt davomida yashirinishga majbur bo‘lgan.

Sun’iy yo‘ldoshning parchalangani haqidagi dalil NASA va AQSh kosmik qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlangan.

Rossiya OAVning xabar berishicha, «Resurs-P» kosmik kemasi Tabiiy resurslar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «Rosreestr» manfaatlarini ko‘zlab, Yer yuzasini yuqori darajada batafsil, keng spektrli va giperspektral optik-elektron kuzatish uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning orbitada faol mavjudlik muddati besh yil.

Kiritildi: 09:39 30.06.2024. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!