Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning nomini o‘zgartirishmoqchi

Rossiyaning nomini o‘zgartirishmoqchi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning siyosiy masalar bo‘yicha maslahatchisi Nikita Poturayev Rossiya va rus tilini qayta nomlashni taklif qildi. Bu haqda u “qalampir.uz” xabar berdi.

Poturayev rus tilini rossiya tili deb atashni taklif qildi. Uning fikricha, Rossiya va Ukrainada rus tilining turli dialektlarida so‘zlashishadi. Shu sababdan ularni alohida nomlar bilan atash kerak.

“Biz tilning nomini o‘zgartirishimiz kerak. Masalan, bizda (Ukrainada) rus tili, u yerda (Rossiyada) rossiya tili”, degan siyosatchi.

Bundan tashqari, Poturayev ukrain xaritalarida Rossiyani Moskovi deb nomlash kerakligini ta’kidlagan.

“Ular o‘tmishlariga qaytishni xohlayaptimi? Kelinglar biz ularga yordam beramiz. Rossiyaliklarga tarixiy har xillikni qaytaramiz”, degan u. Zelenskiyning maslahatchisi Rossiya aslida vaqtincha nazoratsiz qolayotgan Xitoy Xalq Respublikasining hududi ekanini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 10:30 11.07.2019. O'qildi: 6386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!