Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Yevropadagi gibrid hujumlari kuchaydi

Rossiyaning Yevropadagi gibrid hujumlari kuchaydi

Germaniya TIV rahbari BMTda Rossiyaning Yevropadagi gibrid hujumlari kuchayganini aytdi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful BMT Bosh Assambleyasi doirasida Rossiyaning Yevropadagi gibrid hujumlari kuchayganini bildirdi.

Vadeful Berlin Rossiya zimmasiga yuklagan Leypsig aeroportidagi ehtimoliy diversiya urinishini misol qilib keltirdi. Uning aytishicha, portlovchi modda bilan jihozlangan dron yordamida ikki yuk samolyotini portlatishga urinish bo‘lgan.

«Ukraina va xalqaro huquqni qo‘llab-quvvatlayotganlarga qarshi Rossiyaning gibrid hujumlari yangi bosqichga chiqdi», — dedi Germaniya TIV rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqida gapirar ekan, Vadeful mojaroni hal qilish uchun uchta asosiy qadamni taklif qildi.

Birinchidan, u darhol va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, bu jarayonni Qora dengizdan boshlash zarurligini aytdi. Vadeful Rossiya Ukraina g‘allasini dengiz orqali olib chiqishga to‘sqinlik qilayotganini va bu holat dunyodagi ochlik hamda qiyinchiliklarni kuchaytirayotganini bildirdi.

Ikkinchidan, Germaniya vaziri harbiy asirlarni keng qamrovli almashish zarurligini ta’kidladi.

Uchinchi qadam sifatida Vadeful xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan muzokaralarni boshlashga chaqirdi. U bunday muzokaralar «har tomonlama, adolatli va barqaror tinchlik»ka yo‘l ochishi mumkinligini aytdi.

Vadeful Ukraina bunday muzokaralarga anchadan beri tayyor ekanini, Rossiya esa ulardan voz kechayotganini bildirdi. Germaniya vaziri bunday pozisiya Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatidagi majburiyatlariga mos kelmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 07:45 25.09.2026. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!