“Rossneft” va “Lukoyl”ga qarshi sanksiyalar Rossiyani muzokaralarda qatnashishga majbur qildi, dedi AQSh moliya vaziri o‘z chiqishida.
Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp tomonidan “Rossneft” va “Lukoyl”ga kiritilgan sanksiyalar eng asosiy yutuq bo‘lib, boshqa barcha choralarni ortda qoldirgan. Mazkur sanksiyalar tufayli Rossiya muzokaralar stoliga kelishga majbur bo‘lgan.
AQSh moliya vaziri, shuningdek, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarning joriy etilishi Ukraina bo‘yicha muzokaralarning qay yo‘sinda borishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.