Rossiyada 160 mingdan ortiq odam Putinning impichmenti (Prezidentlikdan bo‘shatilishi)ni talab qilib petisiyaga imzo chekdi.
Murojaat muallifi (murojaat negadir O‘zbekistonda kirish taqiqlangan (sayt ochib qo‘yilsa, hamma amaldorlarni ishdan bo‘shatamiz deb petisiyalar qo‘yilib ketmasin deyishsa kerak, lekin saytga VPN bilan kirsa bo‘ladi) change.org saytida e’lon qilingan) Davlat Dumasidan “vatanga xiyonat” va “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan urush jinoyatlari” tufayli impichment e’lon qilishni talab qilgan.