Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Rossiyaliklar Yevropa Ittifoqi vizalarini olishlari kerak"

"Rossiyaliklar Yevropa Ittifoqi vizalarini olishlari kerak"

Rossiya fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga viza olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares.

"Bizda rus xalqiga qarshi hech qanday adovat yo‘q", dedi Albares La Razon gazetasiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar buning uchun shartlarga javob beradigan rossiyaliklarga viza berish uchun eshikni ochiq qoldirgan.

Avvalroq Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto mamlakat rasmiylari Rossiya fuqarolarining kirishiga to‘liq taqiq qo‘yishini tan olgan edi.

Kiritildi: 12:30 25.09.2022. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!