"Rosselxoznadzor" boshlig‘ining ilmiy-tadqiqot va monitoring ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ilya Chvalaning ta’kidlashicha, rossiyalik olimlar kasalliklarga o‘ta sezgir hayvonlar - mushuklar va cho‘chqalar uchun koronavirusga qarshi vaksina yaratishni rejalashtirishmoqda
."Veterinariya va hayot" portalida e’lon qilingan maqolada ta’kidlanishicha, birinchi navbatda, ushbu dori hayvonlar sanoat miqyosida boqiladigan va ko‘payishi sababli hayvonlarda ommaviy yuqishi xavfi mavjud bo‘lgan fermalarga yetkazib beriladi.