Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik muftiy koronavirusga chalindi

Rossiyalik muftiy koronavirusga chalindi

Rossiyaning Saratov viloyati muftiysi Muqaddas Bibarsov may oyi oxirlarida koronavirus belgilari bilan shifokorlarga murojaat qilgan edi. Tekshiruvlardan keyin unga chindan ham ushbu infeksiya yuqqani ayon bo‘ldi. 

Saratovdagi shifoxonalardan birida davolanayotgan muftiy reanimasiyadan umumiy palataga o‘tkazilgan. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “Reanimasiyadan oddiy palataga o‘tkazishdi. Hayot va o‘limning Egasiga hamdlar bo‘lsin!” – deya yozdi u. 

Muftiy hozirgi og‘ir sharoitda ishlayotgan tibbiyot xodimlariga, shuningdek uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi. Muqaddas Bibarsov 1981 yilda Buxorodagi “Mir Arab” madrasasini bitirgan. 1992 yildan beri Saratov viloyati muftiysi vazifasida ishlab kelmoqda. 

Kiritildi: 09:26 06.06.2020. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!