Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik milliarderlarga "toj kiydirildi"

Rossiyalik milliarderlarga "toj kiydirildi"

Rossiyadagi Forbes Ko‘chmas mulk - 2019 reytingini tuzib chiqdi, unda 2018 yilda ko‘chmas mulk savdosidan eng ko‘p foyda ko‘rgan biznes vakillari ishtirok etgan. Mazkur reytingda boshqa sohalardan olingan daromadlar hisobga olinmagan. Mazkur reyting manba rasmiy saytida 24 yanvar kuni e’lon qilindi.

Reytingda birinchi o‘rinni Kiyev maydoni kompaniyasi egasi bo‘lgan tadbirkorlar Zarax Iliyev va God Nisanov egalladi. Manbaning baholashiga ko‘ra, tadbirkorlarning 2018 yilda ko‘chmas mulk savdosidan olgan jami daromadlari 1,565 milliard dollarni tashkil etgan.

Ikkinchi pog‘onani Ingvar Kamprad tomonidan tashkil etilgan Stichting INGKA Foundation kompaniyasi egalladi. U shtgan yil davomida kshchmas mulk savdosidan 865 million dollar foyda ko‘rgan.

Uchinchi o‘rinni Samvel Karapetyan ( Tashir kompaniyasi) egalladi, uning olgan foydasi 670 million dollarga baholanmoqda.

Forbes qayd etishicha, 2014 yilda qirollar ro‘yxatiga besh nafar yangi nomlar kirib kelgan: TPS ko‘chmas mulk , Aviapark , FortGroup, Imperiya va Malltech xoldinglari.

Qayd etilishicha, 2018 yilda mazkur ro‘yxat avvalidagi uchlik nomlari o‘zgarmay qolgan.

lenta.ru

Kiritildi: 14:06 25.01.2019. O'qildi: 3669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!