Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyalik mashhur qizaloq Gollivudga taklif etildi

Rossiyalik mashhur qizaloq Gollivudga taklif etildi

9 yoshli Marta Timofeeva deyarli go‘daklidan reklama va filmlarda suratga tushib kelmoqda. Qizaloqning ota-onasi uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganidan so‘ng asta-sekin unga turli takliflar kela boshlagan. Marta jurnallar uchun ham, reklamalar uchun ham suratga tushgan. O‘sha paytda u atigi uch yosh bo‘lgan.

Keyin Martaga kinolardan ham takliflar tusha boshladi. Bor-yo‘g‘i to‘qqiz yosh bo‘lgan qizaloq 47 ta film va teleko‘rsatuvlarda ishtirok etishga ulgurdi. Ular orasida Kolovrat haqida afsona , Gogol , Shafqatsiz zodagon xonim , Godunov va boshqa o‘nlab tomoshabinlar tomonidan e’trirof etilgan kartinalar mavjud.

Aytish kerakki, Martaga hattoki g‘arb kinosanoati vakillarining ham e’tibori bo‘lakcha. Yosh aktrisa allaqachon Mersiga xush kelibsiz filmida rol o‘ynadi.

Xabar qilinishicha, rejissyor Tommi Bertelsen ham Martani yangi filmiga taklif qilmoqda.

Kiritildi: 21:03 16.02.2019. O'qildi: 2682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!