Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyalik maktab o‘quvchilari aksiya uyushtirdi — ular sinf taxtasiga «Putin — o‘g‘ri» deb yozmoqda

Rossiyalik maktab o‘quvchilari aksiya uyushtirdi — ular sinf taxtasiga «Putin — o‘g‘ri» deb yozmoqda

Rossiyalik maktab o‘quvchilari va talabalar darsxona taxtasiga «Putin — o‘g‘ri» («Putin — vor») iborasini yozish bo‘yicha chellenj (aksiya) uyushtirdi, deb yozadi «Snob.ru».Ushbu aksiya boshlanishiga Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi maktabda sodir bo‘lgan bir voqea turtki bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, 12 noyabr kuni o‘lkadagi qishloqlardan birida o‘quvchi sinf taxtasiga «Putin — o‘g‘ri» deb yozib qo‘ydi. Tarix va jamiyashunosik o‘qituvchisi esa o‘spiringa qattiq tanbeh berib, polisiya hamda Putinning soqchilari bilan qo‘rqitdi, shuningdek, bunday nojo‘ya ish uchun otishga hukm qilinishi mumkin bo‘lgan davrlar haqida gapirib berdi.Shundan so‘ng «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaning turli burchaklaridagi maktablar o‘quvchilari o‘z sinf taxtalariga «Putin — o‘g‘ri» iborasini yozib, uning suratini e’lon qila boshladi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 09:01 15.11.2018. O'qildi: 2417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!