Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

A A A
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

Yaqinda Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagan taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov shahar aholisidan uzr so‘radi.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorix napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov

OTABEK ABDULLAYEV / FACEBOOK

Varlamovning so‘zlariga ko‘ra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun o‘tib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda bo‘lib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorix napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov

OTABEK ABDULLAYEV / FACEBOOK

Shaharning obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Otabek Abdullayev  Facebook᾽dagi sahifasida Varlamov maqolasida ko‘rsatilgan obodonlashtirish ishlariga oid kamchiliklar bartaraf etilayotganini ma’lum qildi va o‘quvchilarga fotohisobotni taqdim etdi.Shuningdek, u shahar mutasaddilari kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishlarini ta’kidladi.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorix napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov

OTABEK ABDULLAYEV / FACEBOOK

“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va to‘g‘ri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar bo‘ylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar o‘zbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan bo‘lardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr so‘rayman”, - deya yozgan Ilya Varlamov.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorix napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov

Shuningdek, u O‘zbekistonga albatta yana qaytishiga ishontirgan. U Toshkentni ko‘rish ishtiyoqida.

Kiritildi: 10:04 24.02.2020. O'qildi: 3677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!