Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyalik bastakor Londonda o‘ldirildi

A A A
Rossiyalik bastakor Londonda o‘ldirildi

24 yoshli rossiyalik bastakor London markazida o‘ldirib ketildi. Voqea kechga yaqin Zaxir uyiga ketayotganida sodir bo‘ldi. Jinoyatchilar uning qo‘lidagi qimmatbaho soatga qiziqib qolishdi va uni tortib olishga urinishdi. Zaxir va jinoyatchilar o‘rtasidagi mojaro esa yosh bastakorning o‘limi bilan tugadi. Uni pichoqlab ketishgan.

Zaxir Angliyaga mashhur bastakor sifatida tanilish uchun kelgandi. Big-Ben va Vestministrdan uning kvartirasigacha bo‘lgan masofa 15 daqiqalik yo‘l edi, xolos. Ayni damda Britaniya polisiyasi qotillarni izlamoqda.

Kiritildi: 09:16 02.04.2019. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik