2026 yilning birinchi yarmida Rossiyaga ishlash maqsadida borgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga qisqardi. Bu haqda Chegara xizmati statistikasiga tayanib “Vedomosti” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning olti oyida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan ishlash maqsadida Rossiyaga jami 2,3 million tashrif amalga oshgan. Joriy yilning mos davrida esa qariyb 1,9 million tashrif qayd etilgan.
Yangi statistikada Rossiyaga “ishlash” maqsadida kelganlar bo‘yicha O‘zbekiston 1-o‘rinda (1,1 milliondan ortiq) turibdi. Shunga qaramay, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,2 foizga kam. Tojikiston 494,5 ming tashrif (-17,9 foiz) bilan 2-o‘rinni, Qirg‘iziston esa 289,1 ming tashrif (-16,7 foiz) bilan uchinchi o‘rinni egallagan.