Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyaga boruvchi mehnat migrantlari faqat Toshkentdan patent olishi rostmi?

Rossiyaga boruvchi mehnat migrantlari faqat Toshkentdan patent olishi rostmi?

Joriy yilning 16–18 mart kunlari Toshkentga Moskvadan delegasiya kelishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.

«Toshkentda Moskva ko‘p tarmoqli migrasiya markazining vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilyapti. Bu yerda Rossiyaga ketadigan mehnat migrantlariga patent olishda kerak bo‘ladigan hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam ko‘rsatiladi. Toshkentda patent berish rejalashtirilmagan. Patent olish uchun avvalo Rossiyaga borib ro‘yxatdan o‘tish kerak, busiz iloji yo‘q», – dedi Ortiqxo‘ja Norov. 

Bundan ko‘zlangan maqsad migrantlarning ishsiz o‘tirishi yoki patent chiqqunicha, noqonuniy ishlab turish jarayonida qo‘lga tushishi, jarima va deportasiya qilinishi kabi ko‘ngilsizliklarning oldini olish hisoblanadi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov har bir ish beruvchining arizasi asosida yangi mehnat muhojirlarini qaytarish yoki taklif qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilishini aytib o‘tgandi.

Kiritildi: 04:00 13.03.2021. O'qildi: 3462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!