Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyaga 700 kg geroinni qovun va gilos orasiga yashirib olib kirgan Sherali butun umrga qamaldi

Rossiyaga 700 kg geroinni qovun va gilos orasiga yashirib olib kirgan Sherali butun umrga qamaldi

Moskva viloyat sudi Rossiya sudlov tizimi tarixida ilk marta giyohvand modda sotuvchisi Sherali Tabarovga umrbodlik qamoq jazosi berdi. U Rossiyaga 700 kg geroin olib kirgan.

Sherali Tabarov va uning sheriklari Rossiyaga uzoq yillardan beri Tojikistondan olib kelinadigan gilos, qovun kabi meva va sabzavotlar orasiga geroin giyohvand moddasini yashirib olib kirib sotib kelgan.

Guruh jami 15 kishidan iborat bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra Tabarov umrbod qamoq jazosini olgan bo‘lsa, uning 14 nafar sheriklari 25 yilgacha qattiq rejimli koloniyalarda saqlash sharti bilan qamoq jazosi oldilar.

Tabarov bundan oldin, 2003 yilda ham giyohvand moddalarning oldi-sotdisida ayblanib Ulyanovsk viloyati, Iznen rayon sudi tomonidan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini olgan Tojikistonning so‘roviga ko‘ra, qamoq muddatini o‘tash uchun vataniga ekstradisiya qilingan.  Keyinchalik Tojikistonda amnistiya qo‘llanib, qamoqdan ozod bo‘lgan edi.

Bu safar sud uni xavfli resividist deb topdi va umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Kiritildi: 11:04 23.05.2019. O'qildi: 3048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!