Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyadan pul o‘tkazmalari 27,2 foizga kamaydi

A A A
Rossiyadan pul o‘tkazmalari 27,2 foizga kamaydi

2019 yilning ikkinchi choragida aholining Rossiyadan MDH mamlakatlariga to‘lov tizimlari orqali pul o‘tkazmalari hajmi 27,2 foizga kamaydi, deb xabar beradi Rossiya Federasiyasi Markaziy banki matbuot xizmati.

Umuman olganda, hamdo‘stlik mamlakatlariga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari hajmi 1,515 milliard dollarga yetdi. Yana, 376 million dollar xorijiy mamlakatlarga jo‘natildi (30,6 foiz pasayish kuzatildi).

Ikkinchi chorakda chet eldan Rossiya Federasiyasiga pul o‘tkazmalari, aksincha, 16 foizga o‘sdi – 803 million dollargacha. Ulardan 460 million dollarni fuqarolar uzoq xorij mamlakatlaridan qabul qilib olishgan (yillik o‘sish 1,8 baravar) va 343 million esa, MDH mamlakatlaridan (pasayish 20,8%).

Rossiyadan chet elga bitta pul o‘tkazmasining o‘rtacha miqdori 413 dollarni tashkil etdi.

Kiritildi: 22:20 22.08.2019. O'qildi: 1672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!