Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyadagi ko‘rshapalaklarda koronavirus aniqlandi

Rossiyadagi ko‘rshapalaklarda koronavirus aniqlandi

Rospotrebnadzor mutaxassislari Rossiyadagi ko‘rshapalaklarda koronavirusni aniqladilar, ammo bu qaysi tipdagi virusligi haqida gapirishga hali erta, deb xabar qilgan RIA Novostiga Rospotrebnadzor vakili Anna Speranskaya.

Avgust oyi oxirida Rospotrebnadzor Rossiyaning turli regionlarida mavjud ko‘rshapalaklarda koronavirusni aniqlash bo‘yicha tadqiqot boshlagan edi. Ushbu loyiha viruslar va epidemik xatarlar tarqalishi ehtimoliy yo‘llarini baholashga yordam berishi kerak.

"Rossiyada yashovchi ko‘rshapalaklarda allaqanday (aynan qanday turdagi, hozircha noma’lum) koronaviruslar bor. Aynan qandayligi - tadqiqotda aniqlanadi. Shuningdek, tadqiqot "shu bahonada topilgan" bir qator boshqa viruslar genomlari ketma-ketligini aniqlash imkonini berdi", - dedi Speranskaya.

Mutaxassisning qayd etishicha, ko‘rshapalaklar, masalan, tulki va tipratikon singari boshqa yovvoyi jonivorlarga qaraganda xavfliroq emas. Chunki bu yovvoyi hayvonlar ham inson uchun xavfli bo‘lgan viruslar tashuvchilari bo‘lishi mumkin. Inson ko‘rshapalaklarni qo‘li bilan teginmaslikka harakat qilsa, ularning iniga suqilmasa, ular yashaydigan joylarni xonavayron qilmasa, shuning o‘zi yetarli, deya tushuntiradi Speranskaya.

Ko‘rshapalaklar ustidan tadqiqotlar hali yakunlangani yo‘q, u ikki yilcha davom etadi, deb ta’kidladi mutaxassis.

Kiritildi: 19:00 29.10.2020. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!