Rossiyada yonilg‘i bilan bog‘liq muammolar hali to‘liq hal etilmagan, biroq hukumat ularni bartaraf etish ustida ishlamoqda — Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vesti” axborot xizmatiga bergan intervyusida hukumat yonilg‘i bilan bog‘liq vaziyatni nazorat ostida ushlab turganini va muammolarni hal qilish uchun maxsus komissiya tuzilgan aytib o‘tdi.
"Barcha masalalar hali to‘liq hal etilmadi, ammo ular bartaraf etilmoqda. Hukumat raisi bu masalalarni nazorat ostida ushlab turibdi. Maxsus komissiya ham tuzilgan. Albatta, odamlar uchun muayyan noqulayliklar bor, biroq hukumat, albatta, vaziyatni nazorat qilishi kerak", — dedi Putin.
Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari ortidan mamlakatning ayrim hududlarida yonilg‘i yetkazib berish bilan bog‘liq uzilishlar may oyining oxiridan boshlangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 80 dan ortiq hududida yonilg‘i savdosiga to‘liq yoki qisman cheklovlar joriy etilgan.