Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko mintaqa havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi va rezervchilarni harbiy komissariat orqali uch yillik shartnoma tuzishga chaqirdi.
Drozdenkoning so‘zlariga ko‘ra, muhim infratuzilma ob’ektlarida qo‘shimcha "mobil o‘t ochish guruhlari" tashkil etiladi. Ushbu guruhlarga Rossiyaning Ukrainadagi urushi qatnashchilari, shuningdek, sobiq Ittifoq va Rossiya armiyasining iste’fodagi harbiylari taklif etilmoqda. Rezervchilar o‘zlari himoya qiladigan korxona va tashkilotlarga ishga joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, shu yilning mart oyida Rossiyaning Boltiq dengizidagi eng yirik neft eksport qilish quvvatlari bo‘lgan Primorsk va Ust-Luga portlari bir necha bor dronlar hujumiga uchragan va ishini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.