Bu haqda "Kommersant’" xabar bermoqda.
Digital Budget servisinin ma’lum qilishicha, 2026 yilning mart oyida rossiyalik foydalanuvchilar Google Play orqali VPN servislarini 9,2 million marta yuklab olishgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 baravar ko‘p demakdir.
Bir yil davomida (2025 yil martidan 2026 yil martigacha) jami 35,7 million marta yuklab olish qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar aynan 2026 yilning birinchi choragiga to‘g‘ri kelib, yanvar-mart oylarida 21,27 millionta yuklash amalga oshirilgan.
Sensor Tower tahlillariga ko‘ra, 2025 yil yakunida Rossiyadagi eng ommabop beshta VPN servisining faol foydalanuvchilari bazasi 7,3 million kishiga yetgan.