Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada o‘qiyotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talaba jazodan ozod etildi

Rossiyada o‘qiyotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talaba jazodan ozod etildi

Aniqlanishicha, Oliy iqtisodiyot maktabi ma’muriyati migrasiya ro‘yxati muddatining uzaytirilgani haqida vakolatli idoralarga xabar bermagan.

Shu sababli talabalar 90 kundan ortiq Rossiyada qolib ketgan. Oqibatda ularga nisbatan 40 ming rubl jarima hamda mamlakatdan chiqarib yuborish chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay masala Rossiya ombudsmani va IIV Migrasiya xizmati tomonidan ko‘rib chiqilib, talabalarning Rossiyada bo‘lish muddati uzaytirilgan.

Shuningdek, ularga qo‘llanilishi rejalashtirilgan ma’muriy jazolar ham bekor qilingan, deyiladi "Dunyo" AA. xabarida.

Kiritildi: 16:43 18.12.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!