Ella Pamfilova Rossiya hududlarida saylovlar davrida internet va aloqa xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday cheklovlar xavfsizlik choralari doirasida joriy etilishi mumkin.
Pamfilova fuqarolarni bu holatni tushunish bilan qabul qilishga chaqirib, internet bloklanishi bilan bog‘liq noqulayliklar bir tarafda, insonlar hayotini saqlab qolish esa ikkinchi tarafda turajagini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi rahbari saylov komissiyalari bunday sharoitlarda ishlashga moslashib bo‘lganini va hatto mobil internet cheklangan holatlarda ham masofaviy elektron ovoz berish jarayonlarini tashkil eta olishini bildirdi.
Rossiyada Yagona ovoz berish kuni 2026 yil 20 sentyabrga belgilangan. Bu kunda Rossiya Davlat Dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari, hududlar rahbarlari, mintaqaviy qonunchilik organlari deputatlari hamda mahalliy hokimiyat vakillari saylanadi.
Ovoz berish jarayoni uch kun davom etadi.