Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada Ravon avtomobillarning yangi narxi e’lon qilindi

Rossiyada Ravon avtomobillarning yangi narxi e’lon qilindi

Ravon kompaniyasi Rossiya bozoriga qaytmoqda va avtomobillarning yangi narx e’lon qilindi. Bu haqda AutoNavigator xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda besh eshikli Ravon R2 xetchbeki (oldingi Chevrolet Spark) ning Optimum va Elegant pozisiyalari mos ravishda 799 mingdan 824 ming rublgacha (12,3 ming hamda 12,6 ming dollar) narxda sotiladi. Model 85 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Ravon R4 sedanining (Chevrolet Cobalt) to‘rtta pozisiyasi sotuvga chiqadi: Comfort MT 799 ming rubl (11,8 ming dollar), Optimum MT 794 ming rubl (12,2 ming dollar), Optimum AT 834 ming rubl (12,8 ming dollar), Elegant AT 849 ming rubl(13 ming dollar).

Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish bahorda to‘xtatilgan edi, biroq ular yaqin vaqtlar ichida yana qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 14:53 07.06.2019. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!