Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida O‘zbekistonning 5 fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyada poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida O‘zbekistonning 5 fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyaning Saratov oblasti hududidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, avtobusda jami 7 kishi bo‘lgan, ikki nafar qozog‘istonlik - haydovchi va uning yordamchisi YTHdan omon qolgan.

«Avtobusda 7 kishi bo‘lgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 2 nafari qozog‘istonlik. O‘zbekiston fuqarolarining barchasi halok bo‘lgan, qozog‘istonliklar shifoxonaga yotqizilgan», deyiladi xabarda.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan soat 13:00da) Saratov viloyati Ozinskiy tumani hududida, «Engels—Ershov—Ozinskiy» trassasining 1-kilometrida, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasida «Saratov — Ulyanovsk» yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi Mercedes rusumli avtobus yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan.

Xabarlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi poyezd yaqinlashayotgani haqida signal berilgan bo‘lsa-da, kesishmadan o‘tishga uringan.

«Ayni vaqtda haydovchi shifoxonada. Uni so‘roq qilishning imkoni yo‘q. U halokatga uchraguncha qancha vaqt davomida rulda bo‘lgani aniqlanmoqda. Ko‘p ehtimol bilan u juda toliqqan holatda bo‘lgan», deyiladi «Interfaks» agentligi xabarida.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsiga hozircha aniqlik kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 6 oktyabrida Rossiyaning Vladimir oblastida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusni poyezd urib yuborishi oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 36 nafari jarohatlangan edi.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 21:00 17.11.2018. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!