Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada olamdan o‘tgan tojikistonlik muhojirlar jasadlari tadbirkor homiyligida vatanga yetkaziladi

Rossiyada olamdan o‘tgan tojikistonlik muhojirlar jasadlari tadbirkor homiyligida vatanga yetkaziladi

Kecha Moskvadan refrijeratorli maxsus mashinada tojikistonlik jami 50 nafar muhojirning jasadini vatanga olib ketishdi. Muhojirlar Rossiyaga pul topish uchun borib, turli sabablarga ko‘ra o‘lim topgan. Novosibirskda faoliyat yurituvchi tojikistonlik tadbirkor jasadlarni vatanga yetkazishda o‘z homiyligini taklif etdi. Ammo mutasaddilardan ismi-sharifi ma’lum qilinmasligini so‘radi. Tadbirkorni duo qilishsa, shuning o‘zi yetarkan. Xudo nasib qilsa, bir hafta ichida jasadlar Tojikistonga yetkaziladi.

Shu yil 16 iyun kuni 21 yoshli talaba Hojimurod Qalandarovning jasadi vatanga olib kelingandi. Hojimurod Ufadagi Belaya daryosida cho‘kayotgan bolani qutqarib qolgan-u, afsus, o‘zi halok bo‘lgandi.

Kiritildi: 01:38 17.06.2020. O'qildi: 3772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!