Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada migrantlar o‘ta yetishmayotgan sohalar ma’lum bo‘ldi

Rossiyada migrantlar o‘ta yetishmayotgan sohalar ma’lum bo‘ldi

Koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar ta’sir ko‘rsatmagan qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi kuchli sezilmoqda. Bu haqda tadbirkorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha Rossiya prezidenti huzuridagi vakilning maslahatchisi Anton Sviridenko ma’lum qildi.

“Kuchli cheklovlar bo‘lgan yoki saqlanib qolinayotgan yoki talab tushib ketgan joylarda bu yil ham migrantlar mehnati talab qilinmayapti. Ammo ishlab chiqarish hajmi tushib ketmagan qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi o‘ta kuchli sezilmoqda, chunki fuqarolarimizni muayyan bir o‘rinlarni egallashga majburlashning imkoni yo‘q”, - deya Sviridenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

U, kichik va o‘rta biznes ma’lumotlariga ko‘ra, ishsizlik o‘sishi va xodimlar soni qisqartirilishiga qaramay Rossiya fuqarolari baribir migrantlar o‘rnini egallashga rozi bo‘lishmaganini ta’kidladi.

Sviridenko migrantlar mehnati bir vaqtning o‘zida butun dunyo iqtisodiyoti uchun ham rag‘batlantiruvchi omil, ham muammo ekanini qayd edi.

“Bir tomondan, arzonroq ishchi kuchidan foydalanish biznesni rag‘batlantiradi, boshqa tomondan esa mamlakatning o‘zining fuqarolari bandligi imkoniyatini cheklaydi”, - deya tushuntirdi u.

Kiritildi: 07:55 01.12.2020. O'qildi: 3939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!