Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada migrantlar soni bir yil ichida 10 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar soni bir yil ichida 10 foizga kamaydi

“Vedomosti”ning Rossiya IIV migrasiya xizmati tahliliy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Perejoginga tayanib xabar berishicha, 2026 yil boshiga kelib Rossiyada bo‘lib turgan chet el fuqarolari soni 5,7 million kishiga (bir yilda 10 foizga) kamaydi.

Perejoginning so‘zlariga ko‘ra, pasayish birinchi navbatda mamlakatda voyaga yetmagan chet el fuqarolari sonining to‘rtdan bir qismga kamaygani bilan bog‘liq. 2025 yilda rus tilini bilish bo‘yicha testdan o‘tmagan migrantlarning farzandlarini Rossiya maktablariga qabul qilishga taqiq kuchga kirgan.

Nashr bilan suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, Rossiyada xorijliklar sonining kamayishiga migrasiya qonunchiligining judayam qat’iylashtirilishi ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!