Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyada KXSHTning yirik harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Rossiyada KXSHTning yirik harbiy mashg‘ulotlari boshlandi


Rossiyada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ning “Hamkorlik-2026”, “Qidiruv-2026” va “Eshalon-2026” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

KXSHT Birlashgan shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Serdyukov ushbu mashg‘ulotlarni KXSHTning joriy yildagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha asosiy tadbiri deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarning dolzarbligi “dunyodagi nihoyatda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat” bilan bog‘liq.

Harbiy mashg‘ulotlarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiy kontingentlari qatnashmoqda. Mashqlar 3-oktyabrgacha davom etadi.

Harbiylar mashg‘ulotlar davomida chegaradagi qurolli mojaroni jilovlash, razvedka olib borish hamda kollektiv kuchlarni moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha vazifalarni bajaradi.

Kiritildi: 20:03 27.09.2026. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!